AQŞning Tesla elektromobillar işlab çiqaruvçi kompaniyasi öz maşinalarini işlab çiqarişda köp miqdorda nuqsonlarga yöl qöymoqda, şu sababli kompaniyaning Kaliforniyadagi boş korxonasi tayyor maşinalar va detallarning ta'mirini uddalay olmayapti. Bu haqda NBC telekanali xabar bermoqda.   

Telekanal ma'lumotlariga köra, kompaniyaning Frimontdagi (Kaliforniya) zavodida işlab çiqariluvçi detallarning 40 foizi nuqsonga ega. Şu sababli Tesla özining Model 3 modelini işlab çiqariş hajmini rejadagidan kamaytirdi. 

Ötgan yozda kompaniya rahbari Ilon Mask oyiga 20 mingta elektromobil işlab çiqariş rejasini ma'lum qilgandi, biroq işlab çiqarişdagi muammolar kompaniyani öz rejasini özgartirişga majbur qildi. Endi kompaniya mart oxirigaça Model 3’dan haftasiga 2,5 mingta, 2018 yil iyuni oxirigaça 5 mingtadan işlab çiqarmoqçi. 

Biroq kompaniyaning özida telekanalning nuqsonlar haqidagi xabari rad etildi. Kompaniya vakilining aytişiça, mutaxassislar işlab çiqariş jarayonini sinçkovlik bilan kuzatadilar.