Britaniya TIV: Skripalni Putinning buyrug‘i bilan zaharlashgan
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Boris Jonson ma'lum qildiki, Solsberida Rossiya Razvedka boshqarmasining sobiq polkovnigini Sergey Skripal «katta ehtimol bilan» Rossiya prezidenti Vladimir Putinning buyrug‘iga ko‘ra zaharlangan.
«Putinning Kremli bilan o‘rtamizda ziddiyat bor va bizning hisoblashimizcha, Ikkinchi jahon urushidan keyin ilk marta Yevropa ko‘chalarida, Birlashgan qirollik ko‘chalarida asab tizimini falajlovchi moddani qo‘llash uning qarori bilan amalga oshirilgan», degan Tashqi ishlar vaziri.
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey 14 mart kuni Solsberida Sergey Skripalning zaharlanishi ortida Moskva turganini ma'lum qilib, rossiyalik 23 nafar diplomat ehtimoliy josuslar sifatida chiqarib yuborilishini e'lon qildi. Rasmiy Moskva bu ayblovni inkor etdi va tez orada javob qaytarishini bildirdi.
Mavzuga oid
18:15 / 24.11.2024
Britaniya qirolining Londondagi qarorgohi ta’mirlash ishlari tufayli uch yilga yopiladi
14:48 / 24.11.2024
London YeI bilan munosabatlarni tiklash uchun muzokarachi qidirmoqda
21:46 / 23.11.2024
Charlz III ning toj kiyishi britaniyaliklarga 90 mln dollarga tushgani ma’lum bo‘ldi
23:36 / 20.11.2024