Taniqli aktyor Mett Deymon Tramp sababli Avstraliyaga ko‘chib o‘tmoqda
Mett Deymon oilasi bilan Avstraliyaga ko‘chib o‘tmoqda. 47 yoshli aktyorning aytishicha, u AQSh prezidenti Donald Trampning siyosatidan to‘yib ketgan. Sydney Sunday Telegraph‘ning xabar berishicha, Deymon Bayron-Beyda yaqinda "Tor: Ragnaryok" filmida birga suratga tushgan Kris Xemsvort uyi yonidan ko‘chmas mulk sotib olgan.
Shuningdek, Deymon hozirda yirik loyihalarda ishlamayapti. Aktyor rafiqasi Luchana Barroza bilan birgalikda 4 nafar farzandni voyaga yetkazmoqda.
“Mett Gollivuddagi barcha do‘stlari va hamkasblarini Trampning siyosatidan norozi ekanligi, shuning uchun ko‘chib ketayotgaligi haqida ogohlantirgan. Uning bu qarori ishiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi. U faqatgina farzandlari xavfsiz joyda ulg‘ayishlarini istashini aytgan”, deb xabar bermoqda Sydney Sunday Telegraph nashri.
Mavzuga oid
20:59 / 13.10.2024
Charlz III Avstraliyaning respublikaga aylanishiga qarshi emasligini bildirdi
00:26 / 24.09.2024
Avstraliyada yolg‘on chegirmalar e’lon qilgan supermarketlar sudga berildi
23:17 / 10.09.2024
Avstraliyada o‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi mumkin
21:09 / 02.09.2024