Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara masalasi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
Foto: Qirg‘iziston TIV
2018 yilning 12-15 mart kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Botken shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bergan.
2017 yilning 5 sentabr, 5 oktabr va 13 dekabr kunlari oliy darajada bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar davomida erishilgan kelishuvlarni ijro etish doirasida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasining qolgan uchastkalari orqali o‘tish chizig‘i loyihasi va uning tasnifi yuzasidan takliflar tayyorlash davom ettirildi.
Qayd etilishicha, uchrashuv do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik ruhida o‘tgan.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra Bayonnoma imzolandi.
Mavzuga oid
18:59 / 02.04.2026
Qirg‘izistonda Rossiya qiruvchi samolyotlarining mashg‘ulotlari to‘xtatildi
21:08 / 01.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi korrupsiyada gumon qilinib qo‘lga olindi
18:20 / 30.03.2026
Qirg‘iziston ilk bor o‘z milliy valutasini mustaqil chop etishni boshladi
15:56 / 25.03.2026