Mavrikiy tarixidagi ilk ayol prezident iste'foga chiqdi

Foto: EPA
Hind okeanida joylashgan orol-davlat Mavrikiy prezidenti Omina Gurib-Fakim moliyaviy mojaro sababli iste'foga chiqishga qaror qildi. 17 mart kuni uning advokati Yusuf Muhammadning ma'lum qilishicha, Gurib-Fakim o‘z lavozimini millat manfaatlari uchun tark etmoqda.
Muhammadning aytishicha, prezident 23 mart kuni o‘z lavozimini tark etadi. Ta'kidlanishicha, Mavrikiy tarixidagi ilk ayol prezident Yer sayyorasi instituti nohukumat tashkilotining kredit kartochkasidan shaxsiy maqsadlarda foydalanganlikda ayblandi. U kartochkadagi mablag‘lar hisobidan kamida 25 ming yevroga turli buyumlar sotib olgan.
Gurib-Fakimning aytishicha, u kartochkadan tasodifan foydalangan, sarflab qo‘ygan mablag‘larni esa darhol qaytargan. Mablag‘lar qaytarilganini nohukumat tashkiloti ham tasdiqlagan.
Gurib-Fakim taniqli biolog olim bo‘lib, Afrikadagi ilmiy salohiyatni rivojlantirish uchun Yer sayyorasi institutiga qo‘shilgan. Unga 2016 yil may oyida tashkilotdagi vazifalari bilan bog‘liq safarlar va logistika xarajatlarini qoplash uchun tashkilot kredit kartochkasi taqdim qilingan.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina 5 ming tonna bug‘doy ortilgan Rossiya kemasini hibsga oldi
Jahon | 19:59
-
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
Jamiyat | 19:49
-
Tramp: Qrim Rossiya bilan qoladi va Zelenskiy buni biladi
Jahon | 19:46
-
Tanzila Norboyeva Turkiya Buyuk Millat Majlisi rahbari bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 19:32
Mavzuga oid

03:59 / 02.04.2025
Tramp Britaniyaning Chagos arxipelagini Mavrikiyga topshirish to‘g‘risidagi qarorini tasdiqladi

12:57 / 17.02.2025
Akayev, Yanukovich, endi Asad – Moskvadan panoh topgan sobiq hukmdorlar

22:49 / 11.02.2025
Ruminiya prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi tayinlandi

14:12 / 26.01.2025