Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Komilov Xitoy tashqi ishlar vaziriga tabrik maktubini yo‘lladi
2018 yilning 19 mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri etib qayta saylangan va Davlat kengashi a'zosi lavozimiga tayinlangan Van Iga tabrik maktubini yo‘lladi. Bu haqda TIV xabarida aytiladi.
«O‘zbekistonda sizning do‘stlik va o‘zaro hamjihatlikni, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ishonch va o‘zaro hurmatni mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissangiz yuksak qadrlanadi, – deyiladi maktubda. - Sizning timsolingizda amalda ikki tomonlama munosabatlarni izchil rivojlantirish va chuqurlashtirishga alohida e'tibor qaratayotgan haqiqiy do‘st va ishonchli hamkorni ko‘ramiz».
Ikki tomonning uzoq muddatli manfaatlari mosligidan kelib chiqib, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va konstruktiv hamkorlikka asoslangan qo‘shma sa'y-harakat natijasida bundan keyin ham ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo‘lida har tomonlama rivojlanishiga ishonch bildirildi.
TIV rahbari Abdulaziz Komilov tez orada Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada uchrashish, unda konstruktiv muloqotni davom ettirishga, afg‘on mojarosini hal qilish yo‘llarini birgalikda izlash va Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta'minlashga umid bildirdi.
Mavzuga oid
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026