Fan-texnika | 10:10 / 20.03.2018
43698
1 daqiqa o‘qiladi
18 yoshli qiz portlab ketgan smartfon tufayli halok bo‘ldi
Hindistonda 18 yoshli qiz telefonda gaplashayotgan vaqtida smartfon portlab ketgani tufayli halok bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail xabar qilmoqda.
Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, hodisa Odisha shtatida yuz bergan. Uma Oram ismli qiz voqea yuz berganida smartfonni quvvatlantirish uskunasiga ulagan va telefon qo‘ng‘irog‘ini amalga oshirgan.
Jabrlangan qiz shifoxonaga hushsiz holda, qo‘l, ko‘krak va oyoq jarohatlari bilan olib kelingan, keyinchalik u hayotdan ko‘z yumdi.
Ayni damda qurilmaning portlab ketishiga nima sabab bo‘lgani noma'lumligicha qolmoqda.
Mavzuga oid
14:47
Hindistonda to‘y mavsumi iqtisodiyotga 70 mlrd dollar keltiradi
23:55 / 12.10.2024
Hindiston Rossiyaga taqiqlangan texnologiyalarni yetkazib bermoqda - Bloomberg
15:43 / 09.10.2024
Hindistonda to‘rt ming yillik aravalar topildi
14:35 / 09.10.2024