Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml: AQSh va Saudiya Arabistoni o‘zaro munosabati Rossiyaning ishi emas
Foto: Global Look Press
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning Vashingtonga tashrifi Saudiya-Amerika ikki tomonlama munosabatlari masalasi sanaladi.
«Saudiya shahzodasining Vashingtonga tashrifi – bu Saudiya-Amerika ikki tomonlama munosabatlari masalasidir. Biz uchinchi davlatlarning bir biriga bo‘lgan munosabatiga hurmat bilan qaraymiz», - deya ma'lum qildi Peskov Saudiya Arabistoni shahzodasining AQShda rejalashtirilayotgan uchrashuviga izoh berib.
Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, Rossiya uchun Ar-Riyod bilan munosabatlarni o‘rnatish va rivojlantirish ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.
«O‘z navbatida, biz uchun Ar-Riyod bilan yaxshi munosabatlarni o‘rnatish hamda rivojlantirish, Saudiya Arabistoni podshohining yaqinda Rossiyaga amalga oshirgan tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish ustuvor vazifa bo‘lib qoladi. Biz bu natijalarni yuqori baholaymiz», - deya qayd etib o‘tdi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning uchrashuvida gap Yaqin Sharqdagi harakatlari uchun «Rossiyani to‘lashga majburlash bo‘yicha qo‘shma usullarni» topish haqida ketishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
16:57
“AQShning Eronga dushmanligi eng avj nuqtasiga chiqdi” – Eronning O‘zbekistondagi elchisi bilan suhbat
15:11
Duma deputati: WhatsApp Rossiyada 2026 yilda to‘liq bloklanishi mumkin
14:41
OAV: AQSh aviatashuvchi guruhini Yaqin Sharqqa yo‘naltirdi
09:50