Jahon | 12:27 / 20.03.2018
5997
1 daqiqa o‘qiladi

Jonson: Britaniya hozircha Skripal ishini KQTT mutaxassislariga ishonib topshiradi

Foto: REUTERS/Pierre Albouy

Buyuk Britaniya TIV rahbari Boris Jonsonning ma'lum qilishicha, London Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi zaharlanishi bo‘yicha hodisani hozircha Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot (KQTT) ekspertlariga ishonib topshiradi.

«Mening o‘ylashimcha, biz birinchi bosqichda ushbu ishni Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti texnik ekspertlariga ishonib topshiramiz. Ko‘ramiz, ular qanday xulosalarga kelishar ekan», - deya aytib o‘tdi Jonson Deutsche Welle’ga bergan intervyusida.

19 mart kuni Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti mutaxassislari Solsberidagi hodisa yuz bergan joyda ish boshlashdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniyada vafot etgan 14 rossiyalikning jasad qoldiqlari eksgumatsiya qilinishi haqida xabarlar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid