Alkatras: hech kim qochib qutilolmagan qamoqxona
Roppa-rosa 55 yil muqaddam, 1963 yilning 21 mart kuni jahonning eng dongdor qamoqxonalaridan biri — Alkatras yopilgan edi. Aynan shu kuni so‘nggi 27 nafar mahbus qamoqxona nomi bilan ataluvchi orolni tark etishadi. Materikdan dengiz suvidagi issiq va sovuq oqimlar bilan uzib qo‘yilgan orol, mahbuslar va umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganlar uchun qat'iy sharoitlar — Amerikaning ushbu qamoqxonasi tarixga eng dahshatli qamoqxonalardan biri sifatida kirgan.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Alkatrasdan bir necha bor urinishlar bo‘lgan esa-da, hech kim qochib keta olmagan. 1962 yilda yuz bergan qochishdan so‘ng bir necha kishi dom-daraksiz yo‘qolgan va ular materik qirg‘og‘iga yetib bora olishgan yo yo‘qligi hanuzgacha noma'lumligicha qolmoqda.
Jahonning eng qattol qamoqxonalaridan birining ko‘rinishi Gazeta.ru fotogalereyasida aks etgan.
Mavzuga oid
16:01 / 20.07.2021
Oq uy Guantanamo qamoqxonasini yopishga qaror qildi
19:05 / 06.07.2021
6 iyuldan mahkumlarning qarindoshlari bilan uchrashuvlari vaqtincha to‘xtatildi - IIV
10:00 / 29.06.2021
«Mahkuma». Farzandi qamoqda tug‘ilgan ayol hikoyasi
21:52 / 03.06.2021