Jahon | 15:04 / 24.03.2018
4083
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya Finlyandiyadan Puchdemonni topshirishni talab qildi

Foto: Reuters

Finlyandiya Ispaniyadan Kataloniya sobiq rahbari Karles Puchdemonni hibsga olish hamda ekstraditsiya qilish bo‘yicha murojaat qabul qilib oldi. Puchdemon Helsinkiga payshanba, 22 mart kuni kelgandi.

«Ispaniya ayni damda Finlyandiyada bo‘lib turgan o‘z fuqarosi ekstraditsiya qilinishiga erishmoqchi», - deyiladi Milliy tergovlar byurosi xabarida.

Ta'kidlanishicha, Finlyandiya politsiyasi prokurorga tegishli ma'lumotni bergan va Ispaniya hukumati bilan qo‘shimcha axborotlar almashishni boshladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya Puchdemonni Shveytsariyada hibsga olishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid