Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona»dan ketishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak» - Puyol Neymar haqida
«Barselona»ning sobiq futbolchisi Karles Puyol «PSJ» futbolchisi Neymar Madridning «Real» klubi safida paydo bo‘lishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Menimcha, u «Real»da o‘ynaydi. Men bunda hech qanday g‘ayritabiiylikni ko‘rmayman, bu borada muammo bo‘lmaydi. U professional. Ammo Neymarda «PSJ»dan ketishda muammo bo‘lishi mumkin, chunki ular uning uchun katta mablag‘ sarflashgan.
«Barselona» va «Real» bir xil darajadagi jamoalar hisoblanishadi. Bu jamoalardan ketishdan oldin yaxshilab o‘ylash kerak. Ammo yangi badavlatroq klublar paydo bo‘ldi, bu klublar ham kuchli jamoa qurish yo‘lida katta nomlarni qo‘lga kiritish uchun harakat qilishmoqda», — deya Puyolning so‘zlarini keltirgan Estadao.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026