Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi Neymarga maslahat berdi
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi sobiq jamoadoshi, ayni vaqtda «PSJ» a'zosi bo‘lgan Neymarga «Manchester Siti» safiga o‘tishni maslahat qilgan. Don Balon manbasi ma'lumotiga ko‘ra, u braziliyalik futbolchiga «Real»ning taklifini qabul qilmaslik kerakligini aytgan.
Qayd etilishicha, Messi kataloniyaliklar jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Manchester Siti»da olib borayotgan ishlardan katta taassurot hosil qilgan. Uning fikricha, Neymarga ushbu jamoa o‘yini mos keladi.
O‘tgan haftada OAVda Neymar parijliklar klubi rahbariyatiga ultimatum qo‘ygani, agar jamoadagi haftalik maoshi miqdori 1,1 million yevroga oshirilmasa, klubdan ketishini aytgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Shuningdek, u o‘zini baxtsiz his qilayotgani sababli «Barselona»ga qaytish istagida ekani aytilgandi.
«Real» esa uni qo‘lga kiritish uchun ancha vaqtdan buyon harakat qilib kelmoqda.
Hozirda 26 yoshli ushbu futbolchi fevral oyida Fransiya chempionatida olgan jarohatini davolash bilan band. U tovonidan olgan jarohatini may oyi oxirigacha tuzatib, safga qaytishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda Neymar «PSJ» safida barcha turnirlar doirasida 30 o‘yinda maydonga tushib, 29 gol urgan va 3 golga uzatma bergan.
Mavzuga oid
23:27 / 22.03.2026
Abduqodir Husanov Angliyadagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi
05:35 / 18.03.2026
«Siti» turnirni tark etdi, Lissabonda kambek. YeChLda kun o‘yinlari
10:59 / 15.03.2026
«Siti» deyarli kurashdan chiqdi, Gulerdan shedevr gol. Kun o‘yinlari
12:09 / 12.03.2026