Sport | 11:30 / 25.03.2018
11789
5 daqiqa o‘qiladi

Sportning duatlon turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi (fotolar)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan «2018 yil sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha kalendar rejasi»ga asosan O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Markaziy kengashi, Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, «Vatanparvar» tashkilotining Qashqadaryo viloyati tashkiloti hamkorlikda joriy yilning  23-24 mart kunlari duatlon sport turi bo‘yicha O‘zbekiston Chempionati va birinchiligi musobaqasi Qarshi shahrida o‘tkazildi.

Ushbu musobaqa asosan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar turli yot g‘oyalarga qo‘shilib ketishining oldini olish, ularning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etib ularda sport turlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsad qilib belgilandi.

Foto: «Vatanparvar»
Foto: «Vatanparvar»
Foto: «Vatanparvar»

Duatlon sport turining boshqa sport turlaridan farqi o‘zida 2ta sport turining mujassam etib, insonni jismonan baquvvat qilish bilan bir qatorda uning irodasini mustahkamlab o‘zida qat'iy ishonch tuyg‘ularini shakllantiradi. Duatlon sport turida yosh toifalari bo‘yicha avvaliga 5 kilometrdan 10 kilometrgacha masofada yugurib kelib, 20 kilometrdan 40 kilometrgacha velosipedda harakatlanib yana 2,5 kilometrdan 5 kilometrgacha yugurib, finish chizig‘ini bosib o‘tishi bilan g‘olib aniqlanadi.

Bo‘lib o‘tgan musobaqada yurtimizning barcha viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoalarining jami 127 nafar sportchisi o‘z yosh toifalari bo‘yicha kuch sinashdi.

Foto: «Vatanparvar»
Foto: «Vatanparvar»

Duatlon sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqasida:

1998 yil va undan katta yoshli qizlar o‘rtasida

1-o‘rin Yulduz Jo‘rayeva (Qashqadaryo viloyati)

2-o‘rin Irodaxon Alimova (Farg‘ona viloyati)

3-o‘rin Gulnora Ahmedova (Surxondaryo viloyati)

Foto: «Vatanparvar»

1998 yil va undan katta yoshli o‘g‘il bolalar o‘rtasida

1-o‘rin Dmitriy Zaytsev (Samarqand viloyati)

2-o‘rin Komronxon Umarov (Qashqadaryo viloyati)

3-o‘rin Valeriy Panomarenko (Toshkent shahri)

Foto: «Vatanparvar»

1999-2000 yilda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida

1-o‘rin Latofat Sodiqova (Toshkent shahri)

2-o‘rin Sevara Suyarova (Navoiy viloyati)

3-o‘rin Dilafruz Sayidova (Xorazm viloyati)

Foto: «Vatanparvar»

1999-2000 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida                

1-o‘rin Ulug‘bek Alimov (Toshkent shahri)

2-o‘rin Muhammadaziz Tursunboyev (Andijon viloyati)

3-o‘rin Aziz Taniyev (Sirdaryo viloyati)

Foto: «Vatanparvar»

Terma jamoa bo‘yicha:

1-o‘rin Qashqadaryo viloyati jamoasi

2-o‘rin Surxondaryo viloyati jamoasi

3-o‘rin Farg‘ona viloyati jamoasi

Duatlon sport turi bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligi musobaqasida:

2001-2003 yilda tug‘ilgan qiz bolalar o‘rtasida

1-o‘rin Arina Mirzabekova (Toshkent shahri)

2-o‘rin Sevara Boboqulova (Qashqadaryo viloyati)

3-o‘rin Diana Dem'yanenko (Sirdaryo viloyati)

Foto: «Vatanparvar»

2001-2003 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida

1-o‘rin Jahongir Samiyev (Qashqadaryo viloyati)

2-o‘rin Komron Xo‘jayev (Toshkent shahri)

3-o‘rin Muhammadqodir Nuriddinov (Andijon viloyati)

Foto: «Vatanparvar»

Terma jamoa bo‘yicha:

1-o‘rin Qashqadaryo viloyat terma jamoasi

2-o‘rin Navoiy viloyati terma jamoasi

3-o‘rin Toshkent shahri terma jamoasi

G‘olib sportchilarni «Vatanparvar» tashkilotining diplom va qimmatbaho sovg‘alari hamda hamkor tashkilotlar Yoshlar ittifoqi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Musobaqada «Vatanparvar» tashkilotining Qashqadaryo viloyati tashkiloti tomonidan avtosport turi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etilib musobaqa ishtirokchilarida o‘zgacha qiziqish uyg‘otdi..

Ushbu sport turi bilan shug‘ullanishni istagan barcha yosh o‘g‘il-qizlarni «Vatanparvar» tashkilotida muntazam tashkil etilgan sport seksiyalariga taklif etamiz.

Batafsil ma'lumotlarni www.vatanparvar.uz sayti orqali olishingiz mumkin.

Foto: «Vatanparvar»
Foto: «Vatanparvar»
Foto: «Vatanparvar»
Foto: «Vatanparvar»
Foto: «Vatanparvar»
Foto: «Vatanparvar»
Foto: «Vatanparvar»
Foto: «Vatanparvar»

 

Mavzuga oid