Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan «2018 yil sportning texnik va amaliy turlari böyiça kalendar rejasi»ga asosan Özbekiston mudofaasiga kömaklaşuvçi «Vatanparvar» taşkiloti Markaziy kengaşi, Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi, Qaşqadaryo viloyati hokimligi, «Vatanparvar» taşkilotining Qaşqadaryo viloyati taşkiloti hamkorlikda joriy yilning  23-24 mart kunlari duatlon sport turi böyiça Özbekiston Çempionati va birinçiligi musobaqasi Qarşi şahrida ötkazildi.

Uşbu musobaqa asosan yoşlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, yoşlar turli yot ğoyalarga qöşilib ketişining oldini oliş, ularning böş vaqtlarini töğri taşkil etib ularda sport turlariga bölgan qiziqişlarini oşiriş maqsad qilib belgilandi.

Foto: «Vatanparvar»
Foto: «Vatanparvar»
Foto: «Vatanparvar»

Duatlon sport turining boşqa sport turlaridan farqi özida 2ta sport turining mujassam etib, insonni jismonan baquvvat qiliş bilan bir qatorda uning irodasini mustahkamlab özida qat'iy işonç tuyğularini şakllantiradi. Duatlon sport turida yoş toifalari böyiça avvaliga 5 kilometrdan 10 kilometrgaça masofada yugurib kelib, 20 kilometrdan 40 kilometrgaça velosipedda harakatlanib yana 2,5 kilometrdan 5 kilometrgaça yugurib, finiş çiziğini bosib ötişi bilan ğolib aniqlanadi.

Bölib ötgan musobaqada yurtimizning barça viloyatlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi terma jamoalarining jami 127 nafar sportçisi öz yoş toifalari böyiça kuç sinaşdi.

Foto: «Vatanparvar»