Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch mashhur darvozabon JCh-2018 rasmiy to‘pidan norozi bo‘ldi
Foto AFP
2018 yilgi jahon chempionatining rasmiy to‘pi darvozabonlarni unchalik xursand qilmadi.
AS xabariga ko‘ra, David De Xea, Mark-Andre ter Shtegen va Pepe Reyna to‘pdan shikoyat qilishdi.
«Darvozabonlarda bu to‘p bilan ko‘p muammolar bo‘ladi. U haqiqatanam juda g‘alati. To‘pni yaxshiroq ishlab chiqarish kerak edi», — deya de Xeaning so‘zlarini keltirgan AS.
«To‘p juda g‘alati ekan, u kutilmagan yo‘nalish olarkan. Bahs boylashim mumkin, mundialda 35ta g‘alati gol ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. U yupqa plastik qoplam bilan o‘ralgan, natijada qo‘lga ilinishi juda murakkab. Endi unga ko‘nikib olishga majburmiz. Balki, musobaqa boshlangunga qadar uni o‘zgartirish kerakdir?» - degan Reyna.
«To‘pni yaxshiroq tayyorlash ham mumkin edi. Lekin jahon chempionati boshlangunga qadar unga o‘rganib olishimiz kerak. Bizda boshqa tanlov yo‘q», deya qayd etgan ter Shtegen.
Mavzuga oid
22:43 / 08.11.2025
O‘zbekiston o‘smirlari jahon chempionatida Irlandiyaga yutqazdi
22:31 / 09.10.2025
FIFA jahon chempionatlarini yozda o‘tkazishdan voz kechish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
19:17 / 02.10.2025
O‘zbekiston va Ozarboyjon 2027 yilgi FIFA U-20 jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
21:38 / 16.09.2025