Jahon | 14:38 / 26.03.2018
4178
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada mojaro, Le Pen IIV rahbari iste'fosini talab qildi

Foto: marianne.net

Fransiya janubida yuz bergan terrorchilik hujumlaridan so‘ng mamlakatdagi «Milliy front» o‘ng partiyasi yetakchisi Marin Le Pen IIV rahbari Jyerar Kollonning iste'fosi, shuningdek, mamalakat xavfsizligi uchun tahdid uyg‘otuvchi shaxslarni chiqarib yuborishni talab qildi. Bu haqda BFMTV xabar bermoqda.

«Fransiya fuqaroligini tushunarsiz odamlarga tushunarsiz holatda berishni bas qilish kerak», - deya ma'lum qilgan Le Pen.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya hukumatining harakatlari samara bermayapti. Siyosatchi milliy xavfsizlikka tahdid uyg‘otuvchi shaxslar ro‘yxatida bo‘lgan barcha xorijliklarni mamlakatdan chiqarib yuborishga chaqirdi.

«Men Jyerar Kollonning iste'fosini talab qilaman», - deya aytib o‘tdi Le Pen.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid