Sport | 17:02 / 26.03.2018
12392
1 daqiqa o‘qiladi

Shkrtel to‘p zarbidan hushini yo‘qotdi (video)

Foto: Videodan kadr

Slovakiya terma jamoasi himoyachisi Martin Shkrtel Tailand  terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (3:2) hushidan ketdi.

Uchrashuvdagi vaziyatlarning birida 33 yoshli himoyachi boshidan qattiq zarba qabul qilib oladi va buning natijasida hushini yo‘qotadi.

Futbolchining jamoadoshlari buni tezda payqagan holda futbolchiga tibbiy yordam ko‘rsatishdi va uning tili orqaga ketib qolmasligi uchun harakat qilishdi.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan yordamdan so‘ng Shkrtel o‘yinni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.