Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘rikzor”da qayta sotish rejasi ish bermadi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan A.A. boshqaruvidagi “Gaz” rusumli yuk avtoulovi “Uch qahramon” YPX maskanida xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, mazkur yuk mashinasi yukxonasida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, umumiy narxi 40 200 000 so‘mlik 19 dona turli rusumdagi muzlatgich hamda 4 dona konditsioner borligi aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Haydovchi A.A. ushbu maishiy texnikalarni Toshkent shahri “O‘rikzor” savdo majmuasiga olib borib, fuqaro Sh.M.ga yetkazib berishi kerakligi ma'lum bo‘ldi.
Ushbu mahsulotlar “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona kompleksi orqali tashmachilar ko‘magidan foydalangan holda mamlakat hududida qayta sotish maqsadida olib kirilganligi aniqlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026