Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev: «Afg‘on xalqi urush va muhtojlikdan charchadi»
Toshkent shahrida tashkillashtirilgan Afg‘oniston masalasiga bag‘ishlagan xalqaro konferensiyada nutq so‘zlayotgan O‘zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyev afg‘on xalqi urush va muhtojlikdan charchagani haqida gapirib o‘tdi.
«Eng yomoni Afg‘onistondagi qurolli qarama-qarshilik va zo‘ravonlik sharoitida butun bir avlod voyaga yetdi. Lekin bu, ayrim ekspertlar andishasizlarcha ta'kidlayotganidek, «boy berilgan avlod» emas. Ular urush, muhtojlik va qiyinchiliklardan charchagan odamlar, xolos. Ular o‘zaro nizoga chek qo‘yib, tinch hayotga, o‘z mamlakatini taraqqiyot va farovonlikka olib boradigan bunyodkor mehnatga qaytishni xohlaydi va shunga intiladi», deb nutqini davom ettirdi prezident.
Anjumanda ishtirok etayotgan Kun.uz muxbirining xabar berishicha, prezident qat'iy ravishda afg‘on xalqida o‘z farzandlari va kelajak avlodlarining baxt-saodati yo‘lida yangi, tinch hayotni boshlash va barpo etish uchun kuch-g‘ayrat, donishmandlik, mardlik va matonat yetarli ekanini ta'kidladi.
Shavkat Mirziyoyev bugungi anjumanda ishtirok etayotgan davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bu jafokash mamlakatdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishga ko‘maklashishda muhim rol o‘ynashga qodir ekanini yana bir bor eslatib o‘tdi.
Mavzuga oid
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024