Sport | 15:27 / 27.03.2018
22967
1 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018 boykot qiluvchilari soni oshadi

Foto: RIA Novosti

Rossiyada o‘tkaziladigan jahon chempionati o‘yinlarini boykot qiluvchi mamlakatlar safi kengayib bormoqda, deb yozadi The Sun. 

Ayni paytda, Buyuk Britaniya, Polsha, Islandiya, Daniya, Shvetsiya, Avstraliya va Yaponiya hukumatlari turnirga tashrif buyurishdan voz kechishga tayyor. Shuningdek, yaqin orada boshqa bir qator davlatlar boykot qiluvchilar safiga qo‘shilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, sobiq razvedkachi Sergey Skripal va uning qizi Angliyaning Solsberi shaharchasida zaharlanganidan so‘ng, Buyuk Britaniya hukumati bu jinoyatga Rossiyaning aloqador ekanini e'lon qildi. Shundan so‘ng, Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey JCh-2018da qirolicha oilasi va rasmiy vakillarning ishtirok etmasligini e'lon qilgan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid