Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gurjistonda sakkiz muxolif partiya saylovlarga boykot e’lon qildi
Gurjiston muxolifatchilari mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari saylovlarida ishtirok etishdan bosh tortdi. Gurjistondagi sakkiz muxolifat partiyasi aksiyaga qo‘shildi.

Foto: Sputnik / Vladimir Umikashvili
Gurjistonda sakkizta muxolif partiya mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari saylovlarida ishtirok etishdan bosh tortdi. Partiya vakillarining boykot haqidagi bayonoti 30 iyun, dushanba kuni kechqurun 1TV telekanali tomonidan e’lon qilindi. Partiyalar mahalliy saylovlarni «noqonuniy tuzumni legitimlashtirish» deb bilishini ta’kidlab, «oligarxik tuzum»ni yo‘q qilish uchun qarshilikni davom ettirishga va’da berdi.
Sakkiz muxolifat partiyasining bayonotini Tbilisidagi parlament binosi oldida «Droa» yetakchisi Elene Xoshtariya jamoatchilikka taqdim etdi. O‘zining safdoshi, hozirgi hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasining sobiq a’zosi Gedevan Popxadze bilan birga u norozilik sifatida ochlik e’lon qilgan edi, ammo hozir muxolifatning qo‘shma bayonoti fonida u buni to‘xtatdi.
Gurjistondagi amaldagi hokimiyat muxoliflarining qo‘shma bayonotida ta’kidlanishicha, Gurjistonda g‘arbparast siyosiy partiyalar va guruhlarning maqsadi «Ivanishvilining Rossiya rejimini to‘liq yo‘q qilish, Gurjiston mustaqilligi va suverenitetini himoya qilish, yevropacha demokratik boshqaruvni o‘rnatish, xavfsiz muhit, mamlakat fuqarolari yaxshi yashashi uchun imkoniyatlar yaratish, Yevropa Ittifoqi va NATOga mamlakatning a’zo bo‘lishidir».
Hujjatda aytilishicha, sakkiz partiya mahalliy hokimiyat saylovlarida ishtirok etishdan bosh tortadi, chunki ular hozirgi sharoitda bu jarayonda ishtirok etish «noqonuniy Rossiya rejimi uchun faqat legitimlik ko‘rinishini yaratadi», deb hisoblaydi.
«Nodemokratik, oligarxik tuzum yakunini tezlashtirish uchun» qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga va’da bergan muxolifatchilar: «Biz g‘alaba sari yo‘l rejim bilan to‘liq hamkorlik qilmaslikdan iborat deb hisoblaymiz. Gurjiston fuqarolari bilan birgalikda umumiy milliy qarshilikni davom ettiramiz. Oxirigacha», deya e’lon qildi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Moldova va yana yetti davlatga bojlar joriy qilmoqda
Jahon | 10:39
-
Rossiya Kiyevga dronlar va ballistik raketalar bilan hujum qildi
Jahon | 10:20
-
Andijon va Surxondaryoda coliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi
Jamiyat | 10:16
-
O‘zbekistonning Koreyadagi turizm brendi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 09:56
Mavzuga oid

08:44 / 09.07.2025
Gurjistonda Euronews Georgia asoschisi Ramishvili qo‘lga olindi

09:36 / 04.07.2025
Nyu-Yorkda musulmon nomzod demokratlar praymerizida g‘alaba qozondi

14:59 / 14.06.2025
Gurjistonda «O‘zgarishlar koalitsiyasi» yetakchisi Gvaramiya hibsga olindi

20:41 / 03.06.2025