Jahon | 00:03 / 28.03.2018
24381
2 daqiqa o‘qiladi

Kemerovodagi yong‘in bo‘yicha ushlanganlarga ayblovlar e'lon qilindi

Foto: RIA Novosti / Aleksandr Kryajyev

Rossiya tergov qo‘mitasi Kemerovodagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida yuz bergan yong‘in bo‘yicha qo‘lga olingan 5 kishiga ayblovlar e'lon qildi. Bu haqda tergov qo‘mitasining rasmiy vakili Svetlana Petrenko ma'lum qildi. 

“Tergov qo‘mitasi fojiaga aloqador bo‘lgan barcha shaxslarni aniqlashni davom ettirmoqda”, deb aytgan Petrenko.

Avvalroq yong‘in bo‘yicha 5 kishi: savdo markaziga egalik qilgan kompaniya texnik direktori, yong‘in chiqqan xonani ijaraga olgan shaxs, signalizatsiyaga xizmat ko‘rsatgan tashkilot xodimi va rahbari, ogohlantirish tizimini o‘chirib qo‘ygan qo‘riqchi so‘roq qilinayotgani ma'lum qilingandi.

25 mart kuni yuz bergan yong‘inda 64 kishi halok bo‘ldi. Shifoxonalarda 13 kishi qolmoqda.

Voqea joyida Moskvadan kelgan tajribali kriminalistlar ish olib bormoqda. Fojia sabablarini aniqlashga tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin boshchilik qilmoqda.

28 mart Rossiyada yong‘in qurbonlari xotirasiga motam kuni deb e'lon qilindi.

Mavzuga oid