Jahon | 12:44 / 28.03.2018
6922
1 daqiqa o‘qiladi

Myanmada yangi prezident saylandi

Foto: Reuters

Myanma parlamenti chorshanba, 28 mart kuni ko‘pchilik ovoz bilan U Vin Mintni mamlakatning yangi prezidenti etib sayladi. Bu haqda The Myanmar Times xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, 66 yoshli U Vin Mint «Demokratiya uchun milliy liga» hukmron partiyasi vakili sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, 21 mart Myanma prezidenti Txin Chjo lavozimida ikki yil ishlaganidan so‘ng iste'foga chiqqandi.

Ta'kidlanishicha, sobiq prezident «majburiyatlaridan dam olish» uchun lavozimini tark etishga qaror qilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid