Jahon | 14:53 / 28.03.2018
7680
1 daqiqa o‘qiladi

Savchenko Ukraina prezidentligiga nomzod bo‘lishga va'da berdi

Foto: RIA "Novosti"

Ukraina Oliy radasi deputati, Kiyevda teraktga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlanib hibsga olingan Nadejda Savchenko Ukraina prezidentligiga nomzod bo‘lishga va'da berdi. U feysbukdagi o‘z sahifasida tegishli rolikni e'lon qilgan.

«Men nima qilish kerakligini bilaman, hamda o‘zim uchun harakat qilish haqida qaror qabul qildim. Vaqti keladiki, men Ukraina prezidentligiga nomzod bo‘laman, biroq sizning qaroringiz menga bugunoq kerak bo‘lmoqda», - deya ma'lum qildi Savchenko.

Savchenko videoyozuvda kiyimini almashtirib, harbiy libosdagi belgini o‘zgartiradi. Rolik oxirida shunday yozuv paydo bo‘ladi: «Birgalikda harakat qilish bilan hukumat jinoyatlari to‘xtatiladi».

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid