Toshkentning savdo-ko‘ngilochar markazlarida yong‘in xavfsizligi mashg‘ulotlari boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 sentabrdagi “Yong‘inlar profilaktikasi kunlarini o‘tkazish va yong‘in xavfsizligi choralarini kuchaytirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 28 martda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari Toshkentdagi 4 ta savdo-ko‘ngilochar markazlari: Next, Samarqand Darvoza, Mega Planet va Magnit’da markazlar xodimlarini yong‘in vaqtidagi harakatlarga, yong‘in o‘choqlarini bartaraf etishga o‘rgatish va fuqarolarni shoshilinch evakuatsiya qilish choralarini mashq qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdilar. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Rossiyaning Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo-ko‘ngilochar markazida yuz bergan va ko‘plab qurbonlarga olib kelgan yirik yong‘indan keyin Toshkent hokimiyati huzuridagi yong‘in xavfsizligi komissiyasi savdo-ko‘ngilochar markazlar rahbariyatlariga yong‘in-profilaktika ko‘rigi o‘tkazish taklifini bildirgan.
Mavzuga oid
18:38
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024