Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1,2 mlrd dollar o‘g‘irlagan xakerlar guruhi yetakchisi hibsga olindi
Yevropa politsiyasi vakillari Yevropa Ittifoqining politsiya xizmati besh yil davomida banklarni tunab kelgan xalqaro xakerlar guruhi yetakchisini qo‘lga olganini e'lon qildi. Bu haqda Engadget portali xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, jinoyatchini qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya Ispaniya, Ruminiya, Belarus Tayvan va AQSh kuch tuzilmalarining o‘zaro harakatlari evaziga mumkin bo‘ldi. Jinoyatchi Ispaniyaning Alikante shahrida qo‘lga olingan.
Jinoiy guruh 2013 yildan beri harakat qilib, 40 ta davlatdagi 100 dan ko‘proq moliyaviy tashkilotni 1,2 mlrd dollarga tunagan.
Kiberjinoyatchilar bank xodimlariga virus saqlangan fayllar biriktirilgan xatlarni jo‘natishgan. Fayl ochilganda, xakerlar qurilma ustidan nazoratni qo‘lga kiritib, bank ishiga ta'sir qila olgan.
Guruh pul o‘tkazmalarini qo‘lga kiritgan, ba'zi hollarda esa shunday qilganki, bankomat muayyan summani belgilangan vaqtda chiqargan va jinoyatchilar bu pullarni olib keta olgan. O‘g‘irlangan pullar kriptovalyutalar yordamida yuvilgan.
Mavzuga oid
12:09 / 13.01.2026
Ispaniya politsiyasi 10 tonna kokain yuklangan kemani qo‘lga oldi
09:22 / 10.12.2025
Ispaniyada RFdan qochgan uchuvchini o‘ldirish ishi bo‘yicha tergov vaqtincha to‘xtatildi
13:24 / 01.12.2025
Madridda Pedro Sanchesga qarshi o‘n minglab kishi norozilikka chiqdi
10:19 / 24.11.2025