Sport | 18:49 / 29.03.2018
19562
1 daqiqa o‘qiladi

Messi yangi biznes boshladi

Foto: Getty Images

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniyaning Ibitsa orolida mehmonxona sotib oldi.

The Sun xabariga ko‘ra, mehmonxona mashhur kurortning ikkinchi qirg‘oq chizig‘ida joylashgan. Bu hudud sayyohlar orasida juda mashhur hisoblanadi.

Messi mehmonxona uchun qancha to‘lagani ma'lum emas. Binoda 52ta xona mavjud bo‘lib, bir kunlik tunash narxi 525 funtgacha borishi mumkin.

Ar-deko uslubidagi bu bino 1959 yilda qurilgan, 2014 yilda to‘liq qayta qurish ishlari olib borilgan. Mehmonxonada ulkan basseyn hamda tomdagi bar mavjud.

Bundan avvalroq Lionel Messi Barselona viloyatida, Sidjyessda 26 million funt sterlingga mehmonxona sotib olgandi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid