09:55 / 29.03.2018
4537

Peruda Alberto Fuximori shifoxonaga yotqizildi

Foto: Alessandro Currarino/ El Comercio

Peruda mamlakat sobiq prezidenti Alberto Fuximori shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda El Comercio Peru sobiq yetakchisining oilaviy shifokori Alexandro Aginaduga asosan xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Fuximori gastroenterokoliti og‘irlashgani tufayli shifoxonaga olib ketilgan.

«U juda kuchsiz, darmonsiz holatda, shuning uchun shifoxonaga olib ketildi», - deya ma'lum qilgan Aginada. 

Shuningdek uning ta'kidlashicha, tibbiyot xodimlari regidratatsion terapiyani amalga oshirmoqda, hamda sobiq prezidentning ahvoli «yaxshilanmoqda».

Top