Peruning sobiq prezidenti Olyanta Umala pul yuvişda ayblanib, 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Peru matbuoti xabarlariga köra, Milliy Oliy sudi Umala va uning rafiqasi Nadin Eredia 2006 va 2011 yillardagi saylov kampaniyalari davomida Braziliyaning Odebrecht quriliş kompaniyasi va Venesuela hukumatidan noqonuniy xayriya sifatida taxminan 3 million dollar olganini aniqladi.

Sudning «hukmni zudlik bilan vaqtinça ijro etiş» töğrisidagi qaroridan söng, sud majlisida iştirok etgan Umala politsiya tomonidan Milliy jazoni ijro etiş instituti (INPE) vakillariga topşirildi.

Umalaning rafiqasi Eredia ham saylov kampaniyasini boşqarişda aybdor deb topilib, 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

«Uşbu holatda jinoiy daromadlarni legallaştiriş sodir etilgan. Noqonuniy kelib çiqqan pullarni legallaştirişga qaratilgan turli harakatlar öz isbotini topdi», dedi sudya.

Sud majlisida videokonferensiya orqali iştirok etgan Eredia hukm e’lon qilinganidan keyin Braziliyaning Limadagi elçixonasidan boşpana söradi.

Şuningdek, Eredianing ukasi Ilan Eredia ham xuddi şu iş böyiça 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Xabar qilinişiça, Umala boşqa sobiq prezidentlar qatori Limadagi «Barbadilo» qamoqxonasida jazoni ötaydi.

Bu hukm bilan Olyanta Umala Odebrecht mojarosi böyiça sudlangan Peruning uçinçi prezidenti böldi. Avvalroq sobiq prezidentlar Alexandro Toledo va Alberto Fuximori ham şu kabi korrupsiya jinoyatlari uçun qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

2016 yilda Braziliyaning quriliş giganti Odebrecht Lotin Amerikasi böylab köplab amaldorlarga pora berganini tan oldi, bu esa Peruda köplab yuqori martabali amaldorlarga qarşi sud jarayonlariga sabab böldi.