Eron Yaqin Sharqni beqarorlashtirishda ayblandi
AQSh Eron tomonidan Yamanda isyonchi husiylar qo‘llab-quvvatlanayotganidan norozi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning bayonotida aytiladi, u Qo‘shma Shtatlar prezidenti ma'muriyati saytida e'lon qilindi.
«Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi siyosiy jarayonni qo‘porishda davom etmoqda, mintaqada jangovar harakatlarni keltirib chiqaryapti va vaziyatni beqarorlashtirmoqda. Ular husiylar va boshqalarga qurol yetkazib beryapti», - deyiladi hujjatda.
Oq uyning fikriga ko‘ra, yamanlik husiylar BMT shafeligi ostidagi tinch yechim topish jarayoniga zarar yetkazmoqda. «Yamanlik husiylar BMTning Yamanda siyosiy jarayonni faollashtirish bo‘yicha sa'y-harakatlariga ahmoqona raketa hujumlarini amalga oshirish tahdidi bilan javob qaytarishdi, bu holat yakshanba kuni ham yuz bergandi», - deyiladi bayonotda.
Shu bilan birga, AQSh hamkorlarga «kerakli gumanitar yordam taqdim etib va inklyuziv jarayonni qo‘llab-quvvatlab, o‘zini o‘zi himoya qilish» maqsadida yordam ko‘rsatishda davom etadi.
Mavzuga oid
10:09
AQShning Polshadagi yangi RQM bazasi Rossiya raketalarini urib tushira oladi
09:49
«Urush harakati»: Bayden Eronni Trampga suiqasd oqibatlari haqida ogohlantirdi
14:35 / 13.10.2024
The New York Times Hamasning 7 oktyabr kungi hujumdan oldingi uchrashuvlari protokollarini qo‘lga kiritdi
13:07 / 13.10.2024