Jahon | 08:19 / 31.03.2018
15036
1 daqiqa o‘qiladi

«Josuslar uyasi». Rossiyaning Londondagi savdo vakolatxonasi ham yopilishi mumkin 

Foto: REUTERS/Peter Nicholls

Britaniya hukumati Londondagi Rossiya savdo vakolatxonasini yopish niyatida, bu Skripal ish tufayli ro‘y beradi. Bu haqda The Telegraph manbalarga asosan xabar qilmoqda.

Manbalarning ma'lum qilishicha, savdo vakolatxonasi «josuslar uyasi» sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Noyyert Qo‘shma Shtatlar Rossiyadan amerikalik 60 nafar diplomatning chiqarib yuborilishini javob chorasi deb hisoblamasligi hamda o‘z tomonidan bunga boshqa qadamlar bilan reaksiya bildirishi mumkin ekani haqida ma'lum qilgandi. Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh bunday qarorni boshqa 28ta davlat bilan birga qabul qildi, Rossiya esa «o‘zini qurbon deb hisoblamasligini kerak».

Mavzuga oid