Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonning Somon Air aviakompaniyasi Rossiyaga parvozlarni to‘xtatdi
Foto: Wikimedia Commons
Tojikistonning Somon Air xususiy kompaniyasi to‘qqiz yo‘nalish bo‘yicha Rossiyaga parvozlarni majburiy ravishda to‘xtatdi. Bu haqida aviatashuvchi matbuot xizmati xabar berdi.
Kompaniya "Rosaviatsiya" telegrammasiga muvofiq shunday qaror qabul qilishga to‘g‘ri kelgan.
Ro‘yxatdan quyidagi yo‘nalishdagi reyslar o‘rin olgan:
- Dushanbe — Yekaterinburg — Dushanbe;
- Dushanbe — Irkutsk — Dushanbe;
- Dushanbe — Qozon — Dushanbe;
- Dushanbe — Krasnodar — Dushanbe;
- Dushanbe — Krasnoyarsk — Dushanbe;
- Dushanbe — Sankt-Peterburg — Dushanbe;
- Dushanbe — Sochi — Dushanbe;
- Xo‘jand — Qozon — Xo‘jand;
- Xo‘jand — Sankt-Peterburg — Xo‘jand.
Bundan tashqari, 5 aprelda Somon Air'ning Xo‘jand — Moskva — Xo‘jand yo‘nalishidagi vaqtinchalik reyslari muddati ham tugaydi.
Tojikiston va Rossiya aviahukumatlari o‘rtasidagi mojaro Tojikiston tomonning Ural avialiniyalariga 26 martdan ba'zi yo‘nalishlardagi (jumladan, Perm va Chelyabinskdan Dushanbega) parvozlarga ruxsat bermagani tufayli yuzaga keldi.
Tojikistonda bu mahalliy aviakompaniyalarning Rossiyaning bu shaharlariga parvoz qilmasligi bilan izohlandi. Rossiya Transport vazirligi tojikistonlik hamkasblarini shu yo‘nalishda muzokara boshlashga chaqirdi.
Mavzuga oid
18:06 / 16.12.2025
Qozog‘iston va O‘zbekiston Rossiya gazi tranziti bo‘yicha shartnoma imzoladi
13:21 / 16.12.2025
Yevroittifoq gibrid hujumlar uchun Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kengaytirdi
11:25 / 16.12.2025
Qozog‘iston urush sabab qochgan rossiyalik o‘smirni deportatsiya qilmoqda
10:54 / 16.12.2025