Tojikistonning Somon Air xususiy kompaniyasi töqqiz yönaliş böyiça Rossiyaga parvozlarni majburiy ravişda töxtatdi. Bu haqida aviataşuvçi matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya "Rosaviatsiya" telegrammasiga muvofiq şunday qaror qabul qilişga töğri kelgan.

Röyxatdan quyidagi yönalişdagi reyslar örin olgan:

  • Duşanbe — Yekaterinburg — Duşanbe;
  • Duşanbe — Irkutsk — Duşanbe;
  • Duşanbe — Qozon — Duşanbe;
  • Duşanbe — Krasnodar — Duşanbe;
  • Duşanbe — Krasnoyarsk — Duşanbe;
  • Duşanbe — Sankt-Peterburg — Duşanbe;
  • Duşanbe — Soçi — Duşanbe;
  • Xöjand — Qozon — Xöjand;
  • Xöjand — Sankt-Peterburg — Xöjand.

Bundan taşqari, 5 aprelda Somon Air'ning Xöjand  — Moskva — Xöjand yönalişidagi vaqtinçalik reyslari muddati ham tugaydi.

Tojikiston va Rossiya aviahukumatlari örtasidagi mojaro Tojikiston tomonning Ural avialiniyalariga 26 martdan ba'zi yönalişlardagi (jumladan, Perm va Çelyabinskdan Duşanbega) parvozlarga ruxsat bermagani tufayli yuzaga keldi.

Tojikistonda bu mahalliy aviakompaniyalarning Rossiyaning bu şaharlariga parvoz qilmasligi bilan izohlandi. Rossiya Transport vazirligi tojikistonlik hamkasblarini şu yönalişda muzokara boşlaşga çaqirdi.