O‘zbekiston | 13:40 / 02.04.2018
13280
2 daqiqa o‘qiladi

3 aprel kuni O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 3 aprel kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 8-10, kunduzi 21-23 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5, Xorazm viloyatida 2-7, kunduzi 12-17 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.  

Toshkent va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20, ayrim joylarda 23-25 darajagacha iliq  bo‘ladi.

Samarqand va Jizzax viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20, ayrim joylarda 23-25 darajagacha iliq  bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 8-13,  kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Toshkent viloyatining 2000 metrdan baland hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamolning tezligi ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7,  kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid