Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailand bosh vaziri o‘rinbosari qimmatbaho soatlar mojarosiga izoh berdi
Foto: Bangkok Post
Tailand bosh vaziri o‘rinbosari Pravit Vongsuvan juda ko‘p qimmatbaho soatlari borligi bilan bog‘liq mojaro boshlanganidan bir necha oy o‘tib, bunga izoh berdi. Bu haqda Bangkok Post xabar qilmoqda.
Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, Vongsuvanning qo‘lida turli vaqtlar oralig‘ida 20tadan ortiq qimmatbaho soat payqalgan bo‘lib, ular uning deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan edi. Bosh vazir o‘rinbosari uzoq vaqt mobaynida ushbu mojaroga hech qanday izoh bermadi.
Endi esa Vongsuvan yaxshi do‘stining soatlarini taqib yurganini tan oldi, ular maktab davridan beri tanish bo‘lgani aytiladi.
Tailand bosh vaziri o‘rinbosarining ta'kidlashicha, muxolifat kuchlarining harakatlaridan jabr ko‘rdi, ular bosh vazirga ziyon yetkazishmoqchi ekan.
Mavzuga oid
11:03 / 19.03.2026
Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
18:17 / 16.03.2026
Xitoy olimlari o‘ta yuqori aniqlikdagi soatni yaratdi
11:44 / 12.03.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hududida uchta fuqarolik kemasiga hujum qilindi
16:18 / 21.02.2026