23:44 / 03.04.2018
8819

Hasan Ruhoniy Anqaraga yetib bordi

Foto: Anadolu

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Turkiyaga yetib bordi, u Anqarada 4 aprel kuni Suriya masalasiga bag‘ishlangan Rossiya-Turkiya-Eron sammitida ishtirok etadi. Bu haqda  xabar tarqatmoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, Eron prezidentini poytaxtdagi Esenbog‘a aeroportida Turkiya Mudofaa vaziri Nuritdin Janiqli kutib olgan.

Ayni vaqtda Anqarada Rossiya va Turkiya prezidentlari o‘rtasida oliy darajadagi uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 22 noyabrida ham Rossiya, Eron va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin, Hasan Ruhoniy va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasida Sochida terrorizmga qarshi kurashdagi hamkorlik bo‘yicha erishilgan kelishuvlar amaliyotiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazilgandi. O‘shanda Suriyada tinchlik o‘rnatish jarayonida keyingi qadam sifatida 30 yanvar kuni Suriya milliy muloqot kongressi chaqirildi, unda 1,5 mingdan ortiq delegat to‘plandi.

Mavzuga oid
Top