Tijorat banklariga nisbatan malaka talablari yangilandi
Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv a'zolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablari yangilandi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Bugungi kunga qadar tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv a'zolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar Markaziy bankda tashkil etiladigan nomzodlarni kasbga muvofiqligini aniqlash komissiyasining ijobiy xulosasi asosida lavozimiga tayinlanar edi.
Ushbu hujjatga asosan mazkur tartib bekor qilindi.
Mazkur hujjatga asosan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv a'zolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar oliy iqtisodiy ma'lumotga, bank-moliya yo‘nalishida, shu jumladan bank tizimida mazkur hujjatda belgilangan ish stajiga ega bo‘lishi lozim.
Shu bilan birga, tijorat banklari boshqaruvi a'zoligiga bankning yuridik xizmati rahbari kiritilgan taqdirda, u oliy yuridik ma'lumotga hamda bank tizimida kamida uch yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi lozimligi belgilandi.
Mavzuga oid
08:10 / 25.09.2024
Kasbiy malaka respublika kengashiga bosh vazir raislik qiladi
09:00 / 18.09.2024
Tovar-xomashyo birjalari uchun yangi talablar belgilandi
12:40 / 20.07.2024
Turizm sohasidagi faoliyatga qo‘yiladigan talablar soddalashtirildi
15:57 / 06.04.2024