25 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy bank P2P maqsadini körsatişga oid talabni bekor qilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Markaziy bank matbuot xizmati Kun.uz’ga: “majburiy bölmagan narsani boşidan bekor qilib bölmaydi; ixtiyoriy edi — bu masala notöğri talqin qilingan”, deya javob berdi. Şuningdek, regulyator 5 martdayoq P2P maqsadini körsatiş ixtiyoriyligi haqida rasman ma’lum qilgani eslatib ötildi.

17 fevralda Markaziy bank tomonidan banklar va tölov taşkilotlariga yuborilgan xatda ötkazma maqsadini körsatiş majburiy talab ekani va 1 martga qadar körsatma ijro etilmasa, sanksiyalar qöllanişi nazarda tutilgandi.

Jamoatçilik bosimidan keyin, 5 mart kuni Markaziy bank axborot xizmati jarayonning “texnik” ekanligini bildirib, kiritilgan 16 ta tölov maqsadi parametrlari esa namunaviyligi, bank yoki tölov taşkiloti öz mobil ilovasi arxitekturasidan kelib çiqqan holda uni ixtiyoriy belgilaşi mumkinligini qayd etgandi.

Kun.uz’ga ma’lum bölişiça, bir qator tölov taşkilotlari va banklar 5 martdagi bayonotdan keyin Markaziy bankka murojaat qilib, P2P maqsadini körsatiş talabi borasida söragan. Regulyator “biz ixtiyoriy deb aytdik, kiritsangiz ham, kiritmasangiz ham böladi” deya javob bergan. Şundan keyin tarmoqlarda bu talab bekor bölibdi, degan gaplar tarqalgan.

Avvalroq Kun.uz suhbatlaşgan bank-moliya sohasi mutaxassislari P2P maqsadini körsatişni kartadan ötkazmalar nazoratiga oid yangi uriniş deb baholagandi — ular agar maqsad iqtisodiyotni “oqartiriş” bölsa, kartadan kartaga ötkazmalarni ommalaştiriş kerak, deya fikr bildirgandi.