O‘zbekiston | 11:12 / 03.04.2018
16627
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasini eksport qila boshladi

Foto: Dreamstime

Tojikiston 2 aprel kuni O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi. Kecha kechqurun «Regar» nimstansiyasidan (Tojikiston) «Gulcha» nimstansiyasiga (O‘zbekiston) elektr uzatish tarmog‘i ishga tushirildi.

Qo‘shni davlatga Tojikiston elektr energiyasini eksport qilish hajmi yiliga kamida 1,5 mlrd KVt/soatni tashkil etadi, deya xabar bergan «AP».

Bundan oldin Dushanbe va Toshkent Tojikiston elektr energiyasini O‘zbekistonga yetkazib berish narxlari bo‘yicha kelishib olgandi.

Yozda Tojikiston elektr energiyasi bir kVt uchun ikki sentdan, qishda esa bir kVt uchun 2,5 sentdan sotib olinadi.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazib berishni boshlashi mumkin ekani haqida Tojikiston energetika va suv xo‘jaligi vaziri Usmonali Usmonzoda o‘tgan yilning 20 dekabrida mamlakat parlamenti yig‘ilishida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid