Jamiyat | 17:01 / 05.04.2018
6494
3 daqiqa o‘qiladi

Andijon yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan savdo majmualarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Foto: Andijon yong‘in xavfsizligi boshqarmasi

Andijon shahrida 1 ta yirik savdo-ko‘ngilochar kompleksi, 3 ta yirik savdo majmualari va 4 ta bozor faoliyat yuritmoqda. Ularda tizim xodimlari tomonidan muntazam ravishda profilaktik tadbirlar tashkil etilishi yo‘lga qo‘yilgan. Shu kunlarda odamlar ko‘p to‘planadigan maskanlarda yong‘in o‘chirish taktik o‘quv mashg‘ulotlari reja asosida o‘tkazilmoqda.

Yong‘in o‘chirish amaliy taktik mashg‘ulotlari sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in va ko‘ngilsiz holatlarni o‘z vaqtida, tez bartaraf etish, maskandagi ishchi xodimlar va fuqarolarni evakuatsiya qilish, hududdagi yong‘inga qarshi suv ta'minotini o‘rganish, shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarligi va kasb mahoratini oshirishga qaratilmoqda.

Foto: Andijon yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
Foto: Andijon yong‘in xavfsizligi boshqarmasi

Andijon shahridagi “Jahon savdo kompleksi” ochiq aksiyadorlik jamiyatida o‘tkazilgan yong‘in o‘chirish amaliy taktik mashqida davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari, Andijon shahar yong‘in xavfsizligi bo‘limidan asosiy va maxsus yong‘in o‘chirish avtomobillari, viloyat yo‘l harakati xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash, favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, tez tibbiy yordam, elektr, gaz va “Suvoqova” idoralaridan avariya qutqaruv guruhlari, mutasaddilar, 118 nafar ishchi-xizmatchilar va fuqarolar ishtirok etdilar.

Mashg‘ulotda yong‘in o‘chiruvchilar shartli yong‘inni qisqa fursatda, sifatli bartaraf etdilar. Qutqaruvchilar, tibbiyot, gaz, elektr tarmoqlari idoralari xodimlari o‘zlariga biriktirilgan vazifalarni aniq va xatolarsiz uddalashga harakat qildilar.

Foto: Andijon yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
Foto: Andijon yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
Foto: Andijon yong‘in xavfsizligi boshqarmasi

Shu kabi mashg‘ulot Andijon shahridagi «Xolis» savdo majmuasida  tashkil etildi. Mashg‘ulotda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv bo‘linmasi, yong‘in xavfsizligi boshqarmasining maxsus guruhlari, yo‘l harakati xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash boshqarmalari, tez tibbiy yordam xizmati, telekommunikatsiyalar bog‘lamasi, elektr tarmoqlari, gaz va «Suvoqova» korxonalari vakillari, maskanning 110 nafar ishchi-xizmatchilari ishtirok etdilar.

Ushbu yo‘nalishdagi ishlar reja asosida davom ettirilmoqda.

Ulug‘bek Qosimov,
Andijon viloyati IIB YoXB
bosh mutaxassisi, kapitan.

Mavzuga oid