Nukus şahridagi omborxonada yonğin yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, bugun, 8 oktyabr kuni soat 12:47 da FVBga Nukus şahri, “Jyeke Terek” MFY joylaşgan quriliş mollari saqlanib kelingan omborxonada yonğin sodir bölgani töğrisida xabar tuşgan.
Şunga köra, 4 ta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 12:53 da voqea joyiga yetib borgan. Yonğin soat 13:09 da örab olingan va soat 13:15 da öçirilgan.
Yonğin oqibatida omborxonaning 150 metr kvadrat maydonida quriliş mollari yonib zararlangan.
Qayd etilişiça, hodisada heç kim tan jarohati olmagan va halok bölmagan. Hozirda yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.











