Transport vaziri örinbosari Jasur Çoriyev Toşkent-Andijon pulli avtomobil yöli böyiça Jahon banki bilan işlab çiqilgan loyihaning asosiy jihatlari töğrisida ma’lumot berdi, deya xabar qilmoqda Gazeta.uz muxbiri.

Vazir örinbosari bergan ma’lumotlarga köra, yölning 64 foizi yangi qurilişi, 36 foizi esa rekonstruksiya qilinişi kutilmoqda. Uzunligi 314 kilometr bölgan I-a kategoriyasidagi yöl 6 qatordan iborat böladi. Yölning quriliş muddati 6 yil 3 oyni taşkil etadi.

Jarayon uç bosqiçdan iborat böladi: birinçi bosqiçda Toşkent-Angren (78 km), ikkinçi bosqiçda Angren-Pop (93 km), uçinçi bosqiçda esa Pop-Andijon (143 km) qismlari quriladi. Yöl sement-beton qoplamali böladi.

Pulli yölda jami 102 ta sun’iy tuzilma qurilişi kutilmoqda. Undagi yöl ötkazgiçlarning jami uzunligi 1122 metrga yetadi. Yölda jami 10 ta tunnel bölişi va ularning umumiy uzunligi 33 kmga yetişi kutilmoqda. Eng uzun tunnel 6787 metrni taşkil etadi.

Mazkur yöl qurilişi Toşkentdan Andijonga safar qiliş vaqtini hozirgidan 2 soat 14 daqiqaga kamaytiriş imkonini beradi. Loyiha qiymati 4,28 mlrd (2023 nominal narxida) dollarni taşkil etadi. Mazkur yöl qurilişi böyiça davlat-xususiy şerikçilik kelişuvi 49 yil muddatga amal qiladi.