Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya oliy sudi sobiq prezidentni qamashga ruxsat berdi
Foto: RIA Novosti
Braziliya oliy sudi sobiq prezident Luis Inasiu Lula da Silvani qamoqqa olish to‘g‘risida qaror chiqardi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, olti sudya «ha» deb ovoz bergan bo‘lsa, besh nafari qarshi chiqqan. Shu tariqa, Braziliya sobiq prezidenti qamoqqa joylashtiriladi va u yerda 12 yil o‘tiradi.
Da Silva poraxo‘rlik va korrupsiyaning qator boshqa epizodlarida ayblanmoqda. Agentlikning ta'kidlashicha, shunga qaramay, u boshqa siyosatchilarni mashhurlik darajasi bo‘yicha ortda qoldirmoqda.
Kuritiba shahri federal politsiyasi xabariga ko‘ra, da Silva va uning rafiqasi OAS qurilish kompaniyasidan Petrobras davlat neft kompaniya bilan aloqador noqonuniy sxema natijasida taxminan 748 ming dollar olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Luis Inasiu Lula da Silvaning korteji noma'lum shaxslar tomonidan o‘qqa tutilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
07:36 / 29.12.2025
Braziliya qanchalik katta? Infografikada haqiqiy ko‘lam
08:24 / 15.12.2025
O‘zbekiston va Braziliya qo‘shma loyihalarni ishga tushirishni muhokama qildi
15:54 / 10.12.2025
Toshkentda Braziliyaning yangi elchisi faoliyatini boshladi
19:41 / 22.11.2025