Jahon | 08:14 / 06.04.2018
6503
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada “shakarga soliq” joriy etildi

Foto: Depositphotos / Ajafoto

Buyuk Britaniyada juma kuni “shakarga soliq” kuchga kirdi. U mahsulotda shakar normasi me'yordan ortiq bo‘lgan alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchilariga mo‘ljallangan. 

Britaniya hukumati shu tariqa juda shirin ichimliklarni ishlab chiqarishni qisqartirmoqchi, ular birinchi navbatda bolalarda semizlikka olib keladi.

Soliq 100 millilitr suyuqlikka 5 grammdan ko‘proq shakar bo‘lgan alkogolsiz ichimliklardan olinadi. Agarda, ichimlikda 8 foizdan ko‘p shakar bo‘lsa, oshirilgan soliq summasi qo‘llaniladi. Shu bilan birga, sut miqdori ko‘p bo‘lgan ichimliklarga soliq solinmaydi, sababi ular sog‘lom parhez uchun kerak. Yig‘ilgan mablag‘lar maktab yoshidagi bolalarning jismoniy faolligi va bir muvozanatda ovqatlanishini rag‘batlantirish bo‘yicha dasturga yo‘naltiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid