Jahon | 08:10 / 06.04.2018
8912
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya MB o‘ziga kuchishlatar tuzilmalar vakolatini so‘radi

Foto: Yekaterina Kuzmina / RBK

Rossiya Banki xodimlariga yuridik shaxslar, organlar va tashkilotlarning binolariga hech qanday to‘siqsiz kirish huquqini berish taklif etilmoqda. Bu insayderlik ma'lumotidan noto‘g‘ri foydalanish bilan kurash uchun kerak. Bunday norma Rossiya hukumatining 30 martdagi qonun loyihasida mavjud bo‘lib, u Davlat dumasiga ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun yuborildi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

Rossiya MB insayderlik ishlari bo‘yicha tekshiruvlar doirasida hujjatlar va ma'lumotlar, jumladan federal qonunlar bilan foydalanish taqiqlangan axborotlarni olishi mumkin, deyiladi qonun loyihasi matnida. Rossiya Banki xodimlari «ma'lumotni atayin yashirish, yo‘q qilishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida» asl hujjatlar va kompyuter ma'lumotidan mustaqil ravishda nusxa ko‘chirib olishi mumkin bo‘ladi. Ayni damda mamlakat MB tashkilotlardan hujjatlarni faqat so‘rab olish huquqiga ega.

Rossiyalik yuridik shaxslar, shuningdek, Rossiyada ishlovchi xorijiy fuqarolar va tashkilotlar MBga tekshiruvlar vaqtida aktlar, shartnomalar, ma'lumotnomalar, ish korrespondentligi, shuningdek «boshqa hujjatlar va materiallardan» foydalanish huquqni berishi kerak. MB tijoriy, xizmat, bank siri, pullarning pochta jo‘natmalari va «qonun bilan qo‘riqlanuvchi boshqa sir»dan boxabar bo‘lishi mumkin.

RBK’ga Rossiya Davlat dumasidagi manbaning xabar berishicha, bunday normalaring bevosita tashabbuskori – Rossiya Banki. U qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lmagani tufayli, hukumat qonun loyihasiga tuzatishlar deputatlar orqali kiritilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid