Jahon | 02:25 / 06.04.2018
14877
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya: Sergey Skripal ruslarga tahdid uyg‘otmagan

Foto: AP

Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Solsberidagi voqea Rossiyada o‘tkazilgan saylov jarayonlarida jamoatchilik fikrini shakllantirishga urinish bo‘lgandi, degan iddaoni inkor qildi. Bu haqda elchi 6 aprel kuni o‘tkazilgan BMT Xavfsizlik Kengashining navbatdagi yig‘ilishida ma'lum qildi.

«Skripal Rossiya uchun tahdid bildirmagan. Britaniya tomoni olib borayotgan targ‘ibot kampaniyasiga ko‘ra, Rossiya uni kechirmagan va xiyonati uchun qasd oldi. Nega biz prezidentlik sayloviga ikki hafta yoki futbol bo‘yicha jahon chempionatiga sanoqli oylar qolgunga qadar uning joniga qasd qilinishiga guvoh bo‘lmadik?», deydi rossiyalik diplomat.

Eslatib o‘tamiz, sobiq GRU agentining qizi Yuliya Skripal asta-sekin sog‘lig‘ini tiklayotgani haqida bayonot berib, barcha yaqinlariga minnatdorligini bildirgandi.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid