Sport | 20:28 / 06.04.2018
23099
2 daqiqa o‘qiladi

Superligada navbatdagi sensatsiya sodir bo‘ldi

Foto: Fc Buxoro

O‘zbekiston chempionatining 5-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv yakunlandi. Unda «Buxoro» «Paxtakor»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 38-daqiqasida «Paxtakor» penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Biroq Ismoil Gonsalvesh nuqtada adashdi. «Sen urmasang, senga urishadi», yozilmagan qoidasi amal qilib ko‘p o‘tmay «Buxoro» vakili Salamat Qutiboyev hisobni ochdi. Ushbu hisob o‘yin so‘ngiga qadar o‘zgarmadi va «Buxoro» asosiy favoritga qarshi o‘yinda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Buxoro» hisobidagi ochkolar soni 9taga yetdi va jamoa «Paxtakor»ga yetib olib, raqib bilan 2-3 o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.

Pepsi — O‘zbekiston Superligasi, 5-tur

«Buxoro» – «Paxtakor» 1:0 
Gol:
 Salamat Qutiboyev (43).
Noaniq penalti: Ismoil Gonsalvesh (38, Paxtakor)

«Buxoro»: 30. Asilbek Omonov, 7. Arslonmurat Omonov (77. Javohir Qahramonov, 58), 8. Salamat Qutiboyev, 10. Shavkat Salomov, 11. San'at Shixov, 14. Bahodir Nasimov (22. Shahboz Erkinov, 67), 16. Artyom Filiposyan, 18. Shavkat Mullajonov (5. Marko Klisura, 83), 27. Robbim Hasanov, 28. Ergash Ismoilov, 89. Sergey Rusetsskiy.
«Paxtakor»: 25. Eldor Suyunov, 2. Akmal Shorahmedov, 4. Sherzod A'zamov, 7. Azim Ahmedov, 9. Jaloliddin Masharipov, 11. Ismoil Gonsalvesh (20. Jasur Hakimov, 77), 22. Jasur Yaxshiboyev (27. Doston Ibragimov, 86), 29. Vladimir Kozak, 55. Marko Simich, 77. Tiago Bezerra, 80. Rostin Griffits (10. Jamshid Iskanderov, 83).
Ogohlantirishlar: Artyom Filiposyan (37), Sherzod A'zamov (56), Bahodir Nasimov (56), Rostin Griffits (60), Vladimir Kozak (69), San'at Shixov (72), Ismoil Gonsalvesh (73), Shavkat Salomov (82), Asilbek Omonov (84), Jasur Hakimov (90+1).

Hakamlar: T.To‘xtasinov (Andijon), A.Marajabov (Andijon), Z.Abdurahmonov (Andijon), N.Qosimov (Qarshi).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid