Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rostovda mashina yo‘lda yuzaga kelgan chuqurlikka to‘liqligicha tushib ketdi (video)
7 aprelda Rostov-Donda temirbeton kollektor o‘pirilishi oqibatida yuzaga kelgan chuqurlikka yo‘l chetida turgan avtomobil tushib ketdi.
Ma'lum bo‘lishicha, voqea kunduzi yuz bergan. Mashinani o‘radan chiqarib olish va o‘pirilgan yo‘lni ta'mirlash ishlari olib borilgan.
Voqea guvohlari va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari ushbu holat yuzasidan kinoyali fikrlar bildirmasdan qolmadilar. “Ilon Mask koinotga mashinalar uchirmoqda, biz esa yerga”, deb kinoya qilgan bir foydalanuvchi.
Yana bir foydalanuvchi Rostov sizot suvlari ustida qurilgani va bu yerda asfaltning o‘pirilishi kamyob holat emasligini eslatib qo‘ygan.
Mavzuga oid
19:22 / 14.06.2026
Ishlab chiqarilganiga 30 yildan oshgan avtomobillar egalari ekologik kompensatsiya to‘lashi mumkin
18:45 / 12.06.2026
Kundalik sayohat uchun eng yaxshi avtomobil nomi e’lon qilindi
17:38 / 09.06.2026
Bir yilda bitta mashinaga sertifikat cheklovi bekor qilindi: bu nimani anglatadi?
21:37 / 05.06.2026