Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: "Ilmiy xodimlarga har yili imtiyozli kvartiralar taqdim etilsin"
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ilmiy xodimlarga har yili imtiyozli kvartiralar taqdim etish vazifasini qo‘ydi. Prezidentning ilm-fan namoyandalari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida shu haqida ma'lum qilindi.
"Bizning xodimimizga oxirgi marta 31 yil oldin kvartira ajratilgan ekan. Sizga katta rahmat, shu yilning o‘zida 5 nafar yosh olimimiz imtiyozli kvartiraga ega bo‘ldi. Shu bolalarning ko‘zlari yonib turibdi. Ular sizga minnatdorchilik bildirishimizni so‘rashdi. Ular vatanli bo‘lishdi. Shularning ikki nafari yaqinda fan doktori bo‘lish arafasida, chunki ularda endi ilm-fan bilan shug‘ullanish uchun sharoit bor", - deydi Umumiy va noroganik kimyo instituti vakili Baxtiyor Zokirov.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bosh vazir Abdulla Aripovga har yili ilmiy xodimlarga 2 va 4 xonali uylar berilishi vazifasini topshirdi. Bundan tashqari, davlat rahbari chet eldan olib kelingan har bir o‘qituvchi yoki ilmiy xodimga xizmat uylari tashkil qilish vazifasini ham qo‘ydi.
Mavzuga oid
07:40 / 27.11.2025
Qaysi shaharlarda kvartira narxi osmonda? Dunyodagi eng qimmat uy-joy xaritasi
16:26 / 02.10.2025
Bir xonali uy-joy ijarasi eng qimmat shaharlar ma’lum qilindi
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025